Istalgan saytingizni ochib beradi...

Mamlakat, tashkilot yoki internet provayder tomonidan bloklanganmi?

Dunyo bo‘ylab yopiq rejimlar senzurasini aylanib o‘tishdagi tajribamiz sizga istalgan axborotni istalgan vaqtda istalgan joydan olishda yordam beradi.

...va buni xavfsiz bajaradi.

Ochiq WiFi tarmoqlari orqali Internetni xavfsiz kezishni istaysizmi?

Senzurasiz internet juda zo‘r, lekin doim ham xavfsiz bo‘lmaydi. Qaysi tarmoqqa ulanishingizdan qat’iy nazar, shaxsiy ma’lumotlaringiz Psiphon himoyasi ostida bo‘ladi.

Ishonli, tez, oddiy – uchtasini tanlang

Psiphon 2008-yildan beri dunyo bo‘ylab interneti cheklangan millionlab odamlarga senzura ostidagi bilimlar va fikrlarni olishga yordam beradi. Endi Psiphon sizga ham yordam berishi mumkin.

Psiphon – bu nima?

Psiphon – Internet senzurani aylanib o‘tuvchi Psiphon Inc. korporatsiyasi ishlab chiqqan yangi vosita bo‘lib, yopiq manbalarga ruxsat beruvchi VPN, SSH va HTTP proksi texnologiyalaridan foydalanadi. Psiphon mijoz-dasturi yangi serverlarni avtomatik aniqlaydi va senzurani aylanib o‘tishingiz imkoniyatini oshiradi.

Psiphon onlayn kontentga ochiq ruxsat berish uchun ishlab chiqilgan. Psiphondan foydalanish Internetdagi maxfiylikni oshirmaydi va uni onlayn xavfsizlik vositasi sifatida ko‘rish yoki ishlatish tavsiya etilmaydi.