Biz haqimizda

Loyiha haqida

Psiphon Inc. – Torontoda joylashgan kompaniya bo‘lib, har hafta 3 milliondan ko‘p odamlarga Internetdan ma’lumot olishiga yordam beruvchi ochiq kodli universal dasturiy ta’minot mualliflarimiz. Biz yuqori sifatli dasturiy ta’minot ishlab chiqarishni o‘zimizga maqsad qilib, har doim yangi mahsulotlarni taqdim etish va dunyo bo‘ylab ko‘payib borayotgan foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirishga harakat qilamiz.

Rahbariyat

Maykl Hall – Psiphon Inc. prezidenti, Psiphon bilan Toronto Universitetida Citizen Lab loyihasi sifatida boshlanishidan beri birga. Shundan beri u DT ishlab chiqishni boshqaradi va Psiphonni doim yuqori pog‘onalarga ko‘taruvchi yangi innovatsiyalar targ‘ibotchisi.

Dasturiy ta’minot ishlab chiqarilishi

Biz uchun Psiphon foydalanuvchilarda yaxshi taassurot qoldirishi muhim. Buning uchun dasturiy ta’minotimiz foydalanishda oson, tarmog‘imiz tez, va ular birgalikda juda barqaror bo‘lishi kerak. Bu har qanday dasturchi uchun murakkab vazifa, ayniqsa dasturiy ta’minotingiz doimiy o‘zgarib turuvchi agressiv muhitda, bir nechta tillarda va turli platormalarda ishlaydigan bo‘lsa.

Biz parda ortidagi foydalanuvchilarimiz uchun qanchalik ter to‘kib ishlashimiz muhimligini bilamiz. Biz foydalanuvchilarimiz va ularning ma’lumotlarini oxirigacha himoya qilamiz. Ularning ma’lumotlari maxfiyligi va himoyasi ustida bajarayotgan ishlarimizni foydalanuvchilarimiz sezmasligi mumkin, lekin ular bundan mamnunligini bilamiz.

Psiphon dasturchilari jamoasi eng zo‘r, eng tez, sensuzari aylanib o‘tishda eng ochiq texnologiyalar yaratishni o‘ziga maqsad qilgan. Bundan tashqari, malakamiz dunyo bo‘ylab odamlarning erkin fikrlashiga yordam beruvchi va himoya qiluvchi yangi yo‘nalishlarni o‘rganyapmiz.

Faoliyat va ijtimoiy loyihalar

Bizda bir qator kompaniyalar bilan shartnomalar bor, yirik xalqaro teleeshittirishdan – alohida mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qiluvchi kichik tashkilotlargacha. Faoliyat va ijtimoiy loyihalar jamoamiz Psiphondan qancha odam foydalanishi hisobotlarini o‘z distributsiya uslublari orqali tahlil qiladi. Shuningdek, ommabop trendlar va Internetda axborot erkinligiga ta’sir qiluvchi hodisalarni kuzatib boramiz.

Hamkorlik

Psiphon works closely with various groups to provide support and advice to people using Psiphon wherever they are. We have translations for our software in dozens of languages, and are adding more to our products through Transifex, with the help of the Localization Lab.

Biz bilan bog‘lanish

Psiphon jamoasi bilan e-pochta orqali bog‘lanishingiz mumkin:

info@psiphon.ca

Psiphon haqidagi oxirgi axborotni olish

Tarqatma xatlarimizga obuna bo‘ling: